#konferensiya_revmatologiya.

25–26-sentyabr kunlari Toshkentda o‘tayotgan VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressida aynan shu masalalar — erta tashxis, zamonaviy davolash, yangi biologik preparatlar, tizimli kasalliklarni boshqarish va revmatologiyada xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.
Kongress geografiyasi ham e’tiborga molik. Markaziy Osiyo va MDH davlatlari vakillari bilan bir qatorda Fransiya, Singapur, Xitoy va boshqa mamlakatlardan taniqli mutaxassislarning ishtiroki Toshkentdagi ilmiy muloqotning ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya va kasb patologiyasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Dildora Nabiyeva kongressning asosiy jihatlaridan biri turli revmatik kasalliklar bo‘yicha eng yangi ilmiy va klinik tajribalarning bir maydonda muhokama qilinayotganida ekanini ta’kidladi.
https://telegra.ph/Toshkentda-VIII-Yevroosiyo-revmatologlar-kongressi-ish-boshladi-09-25

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment