
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida zamonaviy Workout sport maydonchasi barpo etildi.
Mazkur sport maydonchasining ochilish marosimi tantanali ruhda tashkil etilib, unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.A. Boymurodov ochib berdi. Rektor o‘z so‘zida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A. Bobomurotov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning salomatligini mustahkamlash va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida yangi Workout sport maydonchasining imkoniyatlari namoyish etilib, talaba-yoshlar tomonidan turli sport mashqlari va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.
Yangi sport maydonchasi zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar undan muntazam foydalanishlari, turli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari va jismoniy tayyorgarliklarini oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Mazkur sport maydonchasining foydalanishga topshirilishi universitetda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!