Toshkent shahrida tibbiyot sohasidagi muhim xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardan biri — VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli kongress revmatologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni bir maydonga jamlab, zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalarini muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Kongressda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov, Yevroosiyo revmatologlar ligasi prezidenti, Qozog‘iston revmatologiya kollegiyasi raisi Galimjan Togizbayev, O‘zbekiston revmatologlar assotsiatsiyasi raisi Xilola Miraxmedova hamda Fransiya, Singapur, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Tojikiston, Gruziya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, ilg‘or ilmiy yondashuvlar, klinik amaliyotdagi yangiliklar hamda so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, revmatologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda.
VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi professional muloqot, ilmiy bilim va amaliy tajriba almashish uchun muhim xalqaro platforma sifatida revmatologiya sohasining rivojiga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment