G‘OYADAN — HAQIQIY STARTAPGACHA!

25-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Zakovat Arenasida talaba-qizlar uchun “Startap olamiga birinchi qadam” mavzusida maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar startap yaratishning dastlabki bosqichlari, innovatsion g‘oyani shakllantirish, muammoni aniqlash va ilmiy g‘oyani amaliy loyihaga aylantirish bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Maxsus mehmon:
Artikxodjayeva Barno Alisherovna
Biotexnolog, PhD
Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?
Ilmiy g‘oyani startapga qanday aylantirish mumkin?
Muammodan innovatsion yechimgacha bo‘lgan yo‘l qanday?
G‘oyani loyihaga aylantirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Startap sohasida qanday imkoniyatlar mavjud?

Seminar ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini izlash, shakllantirish va kelajakdagi innovatsion loyihalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar berdi.
Tadbir Toshkent davlat tibbiyot universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etildi.
G‘oya → Ilm → Innovatsiya → STARTUP!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment