VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressida — Yevroosiyo mamlakatlari mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va professional hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi xalqaro maydonda

— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining revmatologiya bo‘yicha bosh konsultanti, professor Hilola To‘xtasinovna Miraxmedova «O‘zbekiston revmatologiyasi: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari» mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada milliy revmatologiyaning yutuqlari, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari, raqamlashtirish hamda xalqaro hamkorlik masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston milliy revmatologiya maktabining asoschisi, mutaxassislarning butun bir avlodini tayyorlagan professor To‘xtasin Salievich Saliev faoliyatiga alohida o‘rin ajratildi.

Kelgusi rivojlanishning asosiy yo‘nalishi — zamonaviy yondashuvlarni mamlakatning barcha hududlarida joriy etish, ixtisoslashtirilgan revmatologik yordam imkoniyatlarini kengaytirish va yangi avlod revmatologlarini tayyorlashdir.
Bugun O‘zbekiston revmatologiyasi milliy maktabning boy an’analari, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirgan holda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
25-26-sentyabr kuni Toshkentda VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirga Fransiya, Xitoy, Singapur, Qozog’iston va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar qatnashmoqda. Kongressda erta tashxis, zamonaviy biologik preparatlar, revmatoid artrit, podagra, Shyogren kasalligi va tizimli autoimmun kasalliklarni boshqarish masalalari muhokama qilinmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya va kasb patologiyasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Dildora Nabiyevaning kongressdagi ma’ruzasi aksial spondiloartritni bosqichma-bosqich davolash masalalariga bag’ishlangan.
Bu mavzuning dolzarbligi bejiz emas. Aksial spondiloartrit ko’pincha faol mehnat yoshidagi insonlarda uchraydi. Kasallik o’z vaqtida aniqlanmasa yoki zarur davolash kechiksa, bemorning kundalik hayoti va mehnat faoliyatini jiddiy cheklashi mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment