









Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Aziz Meliboyev, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xapijayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning muhim qismida universitetning birinchi bosqichiga qabul qilingan 5000 nafardan ziyod talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov–2026” marosimi o‘tkazilib, yoshlar talabalik qasamyodini qabul qildilar.
Ushbu marosim ularga bilim olish, tanlagan kasbiga sadoqatli bo‘lish va kelajakda inson salomatligini asrashdek sharafli vazifani munosib ado etish yo‘lidagi yangi bosqichning boshlanishini anglatdi.
Shuningdek, “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan 150 nafar faxriy professor-o‘qituvchilar alohida e’tirof etilib, ularning har biriga pul mukofoti topshirildi.
Bundan tashqari, universitetning 17 nafar xodimi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbir bayramona konsert dasturi bilan davom etdi. Unda taniqli san’atkorlar va ijodiy jamoalar ishtirok etib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
“Talabalikka bag‘ishlov–2026” hamda “Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan ushbu tantana talabalik hayotining yangi bosqichini qarshi olish, ustozlar mehnatini qadrlash va tibbiyot ta’limining sharafli an’analarini davom ettirishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘ldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok