Bugungi tantananing yana bir muhim jihati — “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan faxriy professor-o‘qituvchi va xodimlarning e’tirof etilishidir.

Universitetda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shgan 150 nafar faxriy professor-o‘qituvchi va xodim alohida taqdirlandi.
Ularning har biriga pul mukofoti topshirildi. Bu e’tirofning mazmuni faqat moddiy rag‘bat bilan cheklanmaydi. Zero, tibbiyot ta’limida ustozning roli faqat bilim berishdan iborat emas. U yosh mutaxassisga kasbning mohiyatini, bemor oldidagi mas’uliyatni, inson hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ham o‘rgatadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment