QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTI MEHMONLARI TASHRIFI

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutidan mehmonlar tashrif buyurdi.

Mehmonlarni samimiy kutib olib, ular bilan birgalikda Toshkentning diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qildik. Xususan, Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, yurtimiz adabiy merosi va buyuk ijodkorlar hayoti bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, muzeylarga borib, tariximiz va madaniyatimiz haqida qiziqarli taassurotlar oldik.

Tashrif davomida mehmonlarga Toshkent davlat tibbiyot universiteti haqida ham ma’lumot berilib, universitetimizning ta’lim muhiti, imkoniyatlari va talabalar hayoti yaqindan namoyish etildi.

Bunday uchrashuvlar ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi hamkorliklar uchun muhim qadamdir.
Mehmonlarimiz bilan birgalikdagi dasturimiz davom etadi — oldinda yana yangi uchrashuvlar va qiziqarli jarayonlar kutmoqda!
Samimiy uchrashuvlar — yangi do‘stliklar va yangi imkoniyatlar sari yo‘l!

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | Web Sayt | Facebook

Leave a comment