Toshkent davlat tibbiyot universitetining professor-o’qituvchilari «1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan taqdirlandi

Bugun «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida o‘tkazilgan «Talabalikka bag‘ishlov–2026” tantanali marosimi hamda “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” bayram tadbiri o’tkazildi.

Tantanali tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Aziz Meliboyev, Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xapijayev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar va xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida universitetning 17 nafar professor-o’qituvchisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda universitetda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda oliy ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 150 nafar faxriy professor-o‘qituvchilar alohida e’tirof etilib, ularga pul mukofotlari topshirildi.

Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya sohasidagi ko‘p yillik mehnati, tibbiyot kadrlarini tayyorlashdagi o‘rni hamda yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment