VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi doirasida Yosh olimlar tanlovining birinchi saralash bosqichi o‘tkazildi.

VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi doirasida Yosh olimlar tanlovining birinchi saralash bosqichi o‘tkazildi.

VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi

doirasida Yosh olimlar tanlovining birinchi saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistondan 50 nafar yosh tadqiqotchi ishtirok etdi. Taqdim etilgan ilmiy ishlar zamonaviy revmatologiyaning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi. Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun 15 ta eng yaxshi ilmiy ish saralab olindi.

Finalchilarni Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning yetakchi professor va mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar hay’ati baholamoqda.
Ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi Yosh olimlar tanlovining eng yaxshi ilmiy ishlari va g‘oliblari aniqlanadi. Ushbu tanlov yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va revmatologiya sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment