VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi yakunlari lavhalar

VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi yakunlarilavhalar 2026-yil 25–26-sentabr kunlari Toshkent shahrida VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi — zamonaviy revmatologiya sohasida ilmiy va klinik tajriba almashishga qaratilgan yirik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ikki kunlik dastur doirasida yalpi majlis, mavzuli seksiyalar, yosh olimlar tanlovi hamda bemorlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazishga bag‘ishlangan amaliy mahorat darslari tashkil etildi. Revmatik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash usullari, yangi terapevtik imkoniyatlar hamda ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Kongress 10 davlat — O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Fransiya, Singapur va Xitoy vakillarini birlashtirdi. Ilmiy dasturda jami 67 nafar spiker, jumladan 51 nafar xorijiy mutaxassis ishtirok etdi.
Kongressda ko‘plab tinglovchilar ham qatnashdi: O‘zbekistondan — 435 nafar, Qozog‘istondan — 72 nafar, Qirg‘izistondan — 73 nafar, Tojikistondan — 39 nafar, Belarusdan — 15 nafar, shuningdek, boshqa davlatlardan ham mutaxassislar ishtirok etdi. Bundan tashqari, 600 ga yaqin mutaxassis kongressga onlayn tarzda qo‘shildi. Kongressning umumiy qamrovi 1292 nafar ishtirokchini tashkil etdi.
Kongress doirasida Yevroosiyo revmatologlar ligasi Boshqaruvining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi, unda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va revmatologiya sohasining istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressi ilmiy va klinik tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy revmatologiya yutuqlarini amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etish uchun muhim xalqaro maydon bo‘ldi.O‘zbekiston Respublikasi bosh revmatologi,Toshkent davlat tibbiyot universiteti professoriHilola Tuxtasinovna MiraxmedovaRasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment