
#WEEK_HAMID KARIMOV
#QASAMYODDAN_ILMIY_ MEROSGA…
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar shifokorlik yo‘lidagi eng muhim so‘zlarini aytdilar — qasamyod qabul qildilar.
Ertaga esa ular bir umr shu qasamyodga sodiq qolish qanday bo‘lishini katta bir olim hayoti misolida ko‘radilar.
29-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida professor Hamid Yoqubovich Karimovga bag‘ishlangan “Ilmiy meros haftaligi” start oladi.
Bir paytlar Hamid Yoqubovich ham bugungi talabalar singari tibbiyot ostonasidan kirgan. U ham shifokorlik kasbini tanlagan, inson salomatligiga xizmat qilish mas’uliyatini zimmasiga olgan.
Keyin esa bu tanlov butun umr mazmuniga aylandi.
Ilmga sadoqat — katta ilmiy maktabga.
Ustozga hurmat — yuzlab shogirdlarga.
Kasbga muhabbat — tibbiyot ta’limidagi yangiliklarga.
Odamlarga mehr esa — insonparvarlik xizmatiga aylandi.
Bugun professor Hamid Yoqubovich Karimov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yirik patofiziolog, ilmiy maktab yaratgan ustoz. Uning rahbarligida o‘nlab doktorlik va yuzdan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, fundamental tadqiqotlari esa klinik tibbiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bilan tutashgan.
Ertaga ustozning shogirdlari yana bir davrada jam bo‘ladi.
Ammo bu oddiy xotira uchrashuvi emas.
Chunki USTOZ ORAMIZDA. ILMIY MAKTAB DAVOM ETMOQDA.
Kelgusi 10 kun davomida biz Hamid Yoqubovich Karimovning olim, ustoz, tashkilotchi va inson sifatidagi fenomenini yosh avlodga tanitamiz. Uning ilmiy g‘oyalari, shogirdlari, xalqaro faoliyati, tibbiy ta’lim va insonparvarlik yo‘lidagi xizmatlari haqida hikoya qilamiz.
Balki bugun qasamyod qilgan yoshlarning ayrimlari yillar o‘tib o‘z ilmiy maktabini yaratar.
Shunda ular ham bugungi kunni eslar.
Chunki qasamyod bir kunda aytiladi.
Unga sadoqat esa — bir umr bilan isbotlanadi.
WEEK | KARIMOV
ILMIY MEROS HAFTALIGI
29-sentabr.
#START#IlmiyMerosHaftaligi#WEEKKarimov#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#UstozVaShogird#IlmiyMaktab
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin