

Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Bolalar kasalliklari» kafedrasi dotsenti t.f.d Shamsiyeva Eleonora Rinatovna tomonidan 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirildi.
Mazkur tashrif tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik va amaliy tajribalarni o‘zaro almashish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda bo‘lajak tibbiyot xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi tegishli kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuv ta’lim jarayonini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlar va ochiq darslarni tashkil etish, ilmiy-uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tibbiy ta’limning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash borasida kelishib oldilar.
Rasmiy sahifalarimiz!