“Ilmiy meros haftaligi”ni universitet rektori

“Ilmiy meros haftaligi”ni universitet rektori
Shuhrat Boymuradov kirish so‘zi bilan ochib berib, professor Hamid Karimovning ilmiy faoliyati va yaratgan maktabiga chuqur hurmat-ehtirom bildirdi.
Shuningdek, ustozga uzoq umr, mustahkam sog‘lik tiladi. Rektor o‘z so‘zi davomida, bu kabi ilmiy-ma’rifiy haftaliklar endilikda universitet hayotining uzviy an’anasiga aylanishini takidlab:
“Biz universitetimizning taniqli olimlari ilmiy merosini keng targ‘ib etishda birlashishimiz kerak.
Yoshlarimiz kimlar tamal toshini qo‘ygan dargohda tahsil olayotganini his etishi, bugun yonimizda yurgan tirik tarixlarni tanishi va ularning hayot yo‘lidan faxrlanishi lozim. Ilmiy maktablarimizni bilish — o‘z tariximizni, ildizlarimizni va kelajak oldidagi mas’uliyatimizni anglashdir”, — deya qayd etdi.
Telegraph
https://telegra.ph/WEEK-Ilmiy-meros-haftaligi-HAMID-KARIMOV-09-29

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment