
Tantanali marosimda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov so‘zga chiqib, birinchi bosqich talabalarini “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” munosabati bilan samimiy tabrikladi va ularga ta’lim hamda ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Rektor o‘z nutqida universitetda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilmiy va ta’limiy muhit, xalqaro reytinglarda erishilayotgan natijalar haqida to‘xtalib, mazkur yutuqlarda professor-o‘qituvchilarning salohiyati, ilmiy tajribasi va fidokorona mehnati muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u universitet jamoasini 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan muborakbod etib, ustozlarning yosh avlod tarbiyasi va malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashdagi beqiyos xizmatlarini e’tirof etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!