
#intervyu Tibbiyot universitetiga kirish yo‘lim oson bo‘lmadi. Bu yo‘lda ko‘p mehnat qildim, o‘zimni sinadim, charchagan paytlarimda ham maqsadimdan voz kechmadim. Har bir o‘qigan mavzum, har bir tayyorlangan kunim meni bugungi manzilimga olib keldi.
Bugun esa shu yerda, oq xalatda turib, shifokor bo‘lish yo‘lida qasamyod qilayotganimni anglash men uchun juda katta baxt va faxr.
Menimcha, insonning eng katta g‘alabasi — boshqalardan ustun kelish emas, kechagi o‘zidan kuchliroq bo‘lishidir. Men bugun kechagi o‘zimdan bir qadam oldindaman.
Bugungi qasamyod esa men uchun yakun emas. Aksincha, haqiqiy yo‘lning boshlanishi. Endi mening oldimda inson hayoti, inson salomatligi va katta mas’uliyat turibdi.
Bugun men shunchaki talaba sifatida emas, kelajakdagi shifokor sifatida birinchi katta qadamimni qo‘yyapman. Va bu kunni umrim davomida faxr bilan eslab yuraman. Hursanova Mukarramoy
Rahmatullayeva Guljahon
Rasmiy sahifalarimiz!