
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Times Higher Education (THE) nufuzli xalqaro reyting agentligining «World University Rankings 2027» reytingiga ilk bor kiritilib, dunyo universitetlari orasida 2001+ o‘rinda e’tirof etildi.
Muhimi shundaki, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Markaziy Osiyoda «THE World University Rankings 2027» reytingiga kiritilgan yagona tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida qayd etildi.
Universitetning reytingdagi asosiy ko‘rsatkichlari:
Teaching — 23.4
Research Environment — 10.6
Research Quality — 8.5
Industry — 16.3
International Outlook — 49.4
Umumiy ko‘rsatkich — 12.2–20.3
Toshkent davlat tibbiyot universitetining mazkur nufuzli reytingda ilk bor ishtirok etib, 2001+ o‘rindan joy olishi ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xalqaro hamkorlik va akademik faoliyatni izchil rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarning muhim natijasidir.
Shu munosabat bilan, universiteti jamoasi Times Higher Education tashkilotining Global masalalar bo‘yicha bosh direktori Phil Batyga jahon oliy ta’limida sifat va shaffoflikni yuksaltirishga qaratilgan rahbarligi va faoliyati uchun, Lachyn Italmazovaga hamda Times Higher Education jamoasining barcha a’zolariga mazkur jarayon davomida ko‘rsatgan qimmatli metodologik ko‘magi, hamkorligi va doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirib, jahon akademik maydonida o‘z nufuzini mustahkamlashda davom etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!