
Toshkent davlat tibbiyot universiteti fakultet guruhlari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasi start oldi!
Barcha fakultet mas’ullaridan guruhlar tarkibidan sportga chanqoq, sog‘lom, faol va uddaburon talabalarni jalb qilgan holda, ularni mazkur sport musobaqalarida munosib ishtirok etish hamda faxrli o‘rinlarni egallash uchun safarbar etish so‘raladi.
Sport musobaqalari quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: Futbol
Voleybol
Stritbol
Stol tennisi
Yengil atletika
Har bir fakultet guruhlari jamoalarga nom berib, ishtirokchilari ro‘yxati dekanat tomonidan tasdiqlangan holda Sport bo‘limiga taqdim etiladi.
Manzil: «Shifokor» sport majmuasi
Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Sport — sog‘lom hayot, birlik va g‘alaba sari yo‘l!
Rasmiy sahifalarimiz!