








Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Germaniyalik taniqli ortoped va umurtqa jarrohi Professor Dr. Oliver Oetke navbatdagi tashrifini amalga oshirdi.
Tashrif davomida professor universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari, magistrlar va klinik ordinatorlar bilan uchrashib, zamonaviy ortopediya va umurtqa jarrohligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida ilg‘or klinik tajribalar bilan o‘rtoqlashilib, ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashinuvi tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan bevosita javoblar oldilar.
Mazkur tashrif tibbiy ta’lim jarayonida xalqaro tajribani o‘rganish, talabalar va mutaxassislarning zamonaviy bilimlarini boyitish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz: