Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari ishtirokida «Mard o‘g‘lon» sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar yugurish, tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik bo‘yicha o‘z kuch va imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar.
Shuningdek, musobaqa doirasida armrestling, tosh ko‘tarish va turnikda tortilish kabi sport turlari bo‘yicha ham qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi.
Musobaqada 122-AB 123-AB 124-AB 125-AB 126-AB va 127-AB guruhlari talabalari faol ishtirok etdilar.
Ayniqsa, 125-A guruh talabalari musobaqada alohida faollik ko‘rsatib, sportning turli yo‘nalishlarida o‘zlarining kuch-quvvati, chaqqonligi, epchilligi va chidamliligini namoyon etdilar.
Bellashuvlar davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati, qat’iyati va irodasini namoyon etib, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida ishtirok etdilar.
Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad — talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, yoshlarni jismonan baquvvat, irodali va faol bo‘lib kamol topishiga ko‘maklashishdan iborat.
Sog‘lom talaba — sog‘lom avlod va kuchli kelajak!
Sportda — kuch, hayotda — iroda!
Rasmiy sahifalarimiz!