TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK UCHRASHUV VA PROFILAKTIK SUHBAT TASHKIL ETILDI

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-kurs talabalarining oliygoh muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda universitet profilaktika inspektori K.Xusniddinov, tyutor G.Mirbabayeva hamda psixolog G.Djumanova ishtirok etib, talabalarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
Uchrashuvda quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi:Moslashuv va stressni yengish: Yangi o‘quv muhitiga tezroq ko‘nikish, o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash hamda jamoada samarali muloqot o‘rnatish yo‘llari tushuntirildi.
Sog‘lom kelajak sari: «Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom kelajak garovidir!» mavzusida ma’ruza qilinib, yot illatlardan ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Psixologik pasport: Mazkur hujjatning maqsadi, uni xolis to‘ldirish tartibi va talabaning shaxsiy qobiliyatlarini aniqlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mutaxassisga maxfiylik tamoyili asosida istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment