





bo‘ldilar.
Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari universitetning zamonaviy simulyatsion markazi, tibbiyot muzeyi hamda ilg‘or axborot texnologiyalari bilan jihozlangan kutubxona faoliyatini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, Yaponiyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalarda mutaxassislar nazorati ostida amaliy ko‘nikmalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar va tibbiyotga oid qadimiy ashyolar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu tashrif tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar qalbida ilm-fanga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi.
Kelajakda shifokor bo‘lishni maqsad qilgan o‘quvchilarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim jarayoni va zamonaviy o‘quv muhiti haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tashrifda ishtirok etgan o‘quvchilar uchun ushbu tadbir kelajakda tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!