Amaliy hamkorlik doirasida navbatdagi tashrif.

Amaliy hamkorlik doirasida navbatdagi tashrif.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan Termiz filiali hamda Surxondaryo tibbiyot klasteri o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, klinik bazalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini takomillashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida “Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Surxondaryo tibbiyot klasterini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq navbatdagi amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Olimjonov Temur Alisherovich hamda Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar kafedrasi assistenti Kurbanov G‘ayrat Imomaliyevich Surxondaryo tibbiyot klasterida bo‘lib, klinik-amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan Surxondaryo tibbiyot klasterining mavjud moddiy-texnik bazasi, bo‘limlar faoliyati, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlari, bemorlarni qabul qilish va ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti hamda klinik faoliyatning mavjud holati bilan batafsil tanishildi. Shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, amaliyotda uchrayotgan masalalarni muhokama qilish va ularni samarali hal etish bo‘yicha fikr almashinuvi amalga oshirildi.
Tashrifning amaliy qismi doirasida tegishli bo‘limlarda bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning klinik holati o‘rganildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan konsultativ-amaliy tavsiyalar berilib, bemorlarni keyingi kuzatuv va davolash jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi. Shuningdek, murakkab klinik holatlarni birgalikda muhokama qilish orqali diagnostika va davolash yondashuvlarini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar davomida klinik bazalarning imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, talabalar va yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi shifokorlar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik tibbiyot ta’limi va amaliyotining uzviyligini ta’minlash, zamonaviy klinik yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, kelgusida mutaxassislarning o‘zaro tashriflarini muntazam tashkil etish, klinik holatlar bo‘yicha konsultativ yordam ko‘rsatish, ilmiy-amaliy seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikrlar almashildi.
Mazkur tashrif Surxondaryo tibbiyot klasterini izchil rivojlantirish, klinik bazalar faoliyatini takomillashtirish, tibbiy ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash ga qaratilgan amaliy hamkorlikning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi.
Hamkorlikning ushbu shakli kelgusida ham izchil davom ettirilib, tibbiyot ta’limi, klinik amaliyot va ilmiy faoliyatning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment