
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ilk bor Times Higher Education (THE) nufuzli xalqaro reyting agentligining «World University Rankings 2027» reytingiga kiritilib, dunyo universitetlari orasida 2001+ o‘rinda e’tirof etildi.
Bu orqali universitet O‘zbekistonda mazkur reytingga kiritilgan yagona tibbiyot oliygohi,Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida qayd etildi. Universitetning eng yuqori ko‘rsatkichi “International Outlook” (xalqaro qamrov) yo‘nalishida qayd etilgan — 49.4 ball.Universitetning reytingdagi asosiy ko‘rsatkichlari:
Teaching — 23.4
Research Environment — 10.6
Research Quality — 8.5
Industry — 16.3
International Outlook — 49.4
Umumiy ko‘rsatkich — 12.2–20.3 Ushbu xalqaro e’tirof universitetning ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xalqaro hamkorlik va akademik faoliyatni izchil rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining muhim natijasidir. Web-siteTelegramFbInstagram