
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Baratova Malika Baxtiyor qizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida o‘tkazilgan “Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovi da “Davolovchi kosmetik krem” loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘oliblari ro‘yxatining 16-o‘rnida qayd etilgan Malika Baratova “Sog‘liqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi” ustuvor yo‘nalishida 1-o‘rin ni egallagan.
Mazkur natija universitet talabalarining ilmiy izlanish, innovatsion g‘oyalar va amaliy loyihalarni rivojlantirish borasidagi salohiyati ni yana bir bor namoyon etadi.
Baratova Malika Baxtiyor qizini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy va innovatsion faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#EngYaxshiOliyTalimIxtirochisi#Innovatsiya#IlmFan#TalabaYutug‘i #DavolovchiKosmetikKrem
Rasmiy sahifalarimiz!