
Joriy yilning 2-oktabr kuni Tashkent davlat tibbiyot universitetida tom ma’nodagi mahorat va ma’naviyat darsi bo‘lib o‘tdi. Universitet talabalari O‘zbekiston Qahramoni Raxmon Omonovich Muhammadiyev bilan samimiy va mazmunli muloqotda jam bo‘ldilar.
Tadbir shunchaki uchrashuv emas, balki hayotiy tajriba, fidoyilik va kasbga bo‘lgan sadoqatning jonli ko‘zgusiga aylandi. Raxmon Omonovich o‘z hayot yo‘li, bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli odimlar, tibbiyot sohasidagi ko‘p yillik tajribasi hamda el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘zlab berib, kelajak shifokorlariga qimmatli maslahat va tavsiyalarini ulashdi.
Tadbir qizg‘in va taassurotlarga boy bo‘ldi:
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha va hayotiy misollar orqali javob oldilar.
Samimiy muloqot davomida kasbiy mahoratni oshirish, insonparvarlik va mas’uliyat hissining shifokor hayotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Mashhur ustozning har bir so‘zi talabalarda katta kuch, g‘ayrat va o‘z kasbiga bo‘lgan faxr tuyg‘usini yanada oshirdi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh tibbiyot xodimlari uchun bunday buyuk siymolar bilan uchrashuv — unutilmas tajriba va katta intilishlar sari mustahkam poydevordir.
—
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#OzbekistonQahramoni#TalabalarBilanUchrashuvRasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin