



Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan rejaga muvofiq, 10-son talabalar turar joyida yashaydigan kafedraga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan muloqot qilindi.
Tashrif davomida talabalarning yashash va maishiy sharoitlari, xonalarning sanitariya-gigiena holati va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi, ijtimoiy-maishiy holati, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ularni xorijiy tillarni o‘rganish va AKT bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarga jalb qilish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimiz!