“KELAJAK SOATI”: “JADIDLAR. TUGALLANMAGAN HIKOYA”!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” darsi “Jadidlar. Tugallanmagan hikoya” mavzusida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda taniqli ijodkor, shoir Bobur Bobomurod bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ijodkor mavzu doirasida talabalarga jadidlar, ularning milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifat va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Shuningdek, jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni xususida fikr almashildi.

Tadbir davomida talabalar jadidlar merosini o‘rganish, ularning ilmiy-ma’rifiy g‘oyalarini bugungi kun bilan uyg‘unlashtirish muhim ekanini yana bir bor angladilar.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan shoir ijodidan she’r namunalari o‘qilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Jadidlar hikoyasi tugallanmagan – ularning ezgu g‘oyalari bugungi yoshlar qalbida davom etmoqda!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment