




O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetning 2-kampusida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun bayramona tabrik tadbiri tashkil etildi.
Ustoz — bilim va ma’rifat ulashuvchi, yosh avlodni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi, hayot yo‘lida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi buyuk insondir. Har bir shogirdning yutug‘i ortida ustozning fidokorona mehnati, sabri va mehr-muhabbati mujassam.
Ustozlarning mehnati — kelajak poydevori. Ular yoshlarning bilimli, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan va Vatanga munosib insonlar bo‘lib kamol topishida beqiyos hissa qo‘shadilar. Har bir dars, har bir maslahat va har bir ezgu tilak shogirdlar qalbida o‘z izini qoldiradi. Shu bois ustozlik kasbi doimo yuksak hurmat va ehtiromga loyiqdir.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga samimiy tilaklar bildirilib, bayramona kayfiyat ulashildi hamda yoqimli sovg‘alar taqdim etildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari universitet rahbariyatiga ko‘rsatilgan e’tibor, g‘amxo‘rlik va samimiy tabriklar uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
E’tibor, g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlovingiz, shuningdek, ushbu unutilmas kunda bayramona kayfiyat ulashganingiz uchun tashakkur!
Rasmiy sahifalarimiz!