
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi uchun “Talabalik qasamyodi” — shunchaki tantanali marosimda aytiladigan so‘zlar emas, balki tibbiyot va jamiyat oldidagi ilk mas’uliyatli va’dadir.
Vatanga sadoqat — yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash, egallayotgan bilim va mehnatimiz bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish.
Ajdodlar merosiga munosiblik — Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yoqqan ma’rifat chirog‘ini yanada ravshan etish.
Kasbiy burch va shifokorlik etikasi — zamonaviy tibbiyot sirlarini puxta egallash, bemor manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yish, shifokorlik sirini saqlash va yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish.
Insoniylik va odob-axloq — ota-ona va ustozlarni e’zozlash, millati va dinidan qat’i nazar, har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, kursdoshlar bilan ahil va samimiy munosabatlarni mustahkamlash.
Xulosa qilib aytganda, Talabalik qasamyodi — yodlangan so‘zlar emas, balki kelajakdagi ezgu maqsadlarimiz sari yo‘l ko‘rsatuvchi mas’uliyat va’dasidir.
Har bir aytilgan so‘zga sodiq qolish, unga amal qilish va munosib talaba, kelajakda esa fidoyi shifokor bo‘lib yetishish — bizning eng oliy burchimizdir.
Babanazarova Ziyuar.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#TalabalikQasamyodi#Talabalik#Yoshlar#KelajakShifokorlari