Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash ishi fakulteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Islom sivilizatsiyasining tarixi, shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari haqida ko‘plab qiziqarli hamda foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Markazda namoyish etilgan tarixiy va ilmiy ma’lumotlar talabalarning dunyoqarashini yanada boyitib, bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.
Mazkur tashrif talabalar uchun unutilmas va mazmunli voqeaga aylandi. Ularning aksariyati markazga ilk bor tashrif buyurgani sababli katta taassurotlar bilan qaytdilar. Natijada ular kunlarini maroqli, qiziqarli va mazmunli o‘tkazdilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment