Toshkent Davlat tibbiyot universiteti  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi dotsenti Yunusova R.T, assistentlar Abdurazzakova Z.K, Tashmatova B.R.lar 2026-yil 25 sentabr kuni Do‘stlik Abu

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi dotsenti Yunusova R.T, assistentlar Abdurazzakova Z.K, Tashmatova B.R.lar 2026-yil 25 sentabr kuni Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida Universitet o’qituvchilari texnikumda o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi hamda  Toshkent Davlat tibbiyot universitetining  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi va Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “I-Maxsus fanlar” kafedrasi o’rtasida Hamkorlik ish rejasi tuzildi va imzolandi.

Hamkorlik doirasida universitetning  “Gospital pediatriya. Xalq tabobati” kafedrasi dotsenti R.T .Yunusova “Hamshiralik ishi ” yo’nalishi 301-guruh o’quvchilariga “Tug’ma yurak nuqsonlari, etiologiyasi, fotoginezi,  klinikasi va davolashda hamshiralik parvarishi ” mavzusida,  kafedra assistenti Z.K. Abdurazzakova esa “Hamshiralik ishi ” yo’nalishi 302-guruh o’quvchilariga “O’tkir revmatik isitma, etiologiyasi, fotoginezi,  klinikasi va davolashda hamshiralik parvarishi ” mavzusida master-klass dars mashg’ulotlarini o’tishdi.
Dars mashg‘ulotlari juda maroqli va qiziqarli bo‘ldi. Dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment