






2026-yil 23–26-sentabr kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida «Hamdardlik va ilm-fanga tayangan holda: zamonamiz psixiatriyasi» (“Guided by Compassion, Grounded in Science: Psychiatry for Our Time”) mavzusida Butunjahon psixiatriya assotsiatsiyasining 26-kongressi o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari – professor V.K. Abdullayeva va professor Sh.Sh. Magzumova O‘zbekiston nomidan ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar bilan chiqish qildilar va o‘z tadqiqotlari natijalarini xalqaro mutaxassislar hamjamiyatiga taqdim etdilar.
Kongress ilmiy dasturida zamonaviy psixiatriyaning dolzarb masalalari, ilmiy dalillarga asoslangan yordamni insonparvar yondashuv bilan uyg‘unlashtirish, profilaktika, ta’lim va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. (wcp-congress.com)
Jahonning yetakchi olimlari bilan bunday yuksak darajadagi ilmiy muloqot universitetning xalqaro hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Nufuzli ilmiy maktablar bilan aloqalarni mustahkamlash qo‘shma loyihalar va akademik almashinuvlar uchun yo‘l ochib, universitet olimlarining jahon psixiatriyasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Rasmiy sahifalarimiz!