




2026-yil 30-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti tomonidan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni YoBIB dekan o‘rinbosari (DSc), dotsent A.Xudayberdiyev ochib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida ustozlarning yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va yetuk mutaxassis etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Talabalarning samimiy tabriklari va ijodiy chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!