Hurmatli ustozlar va talabalar!

Telefon qurilmalaringiz xavfsizligini kuchaytirish maqsadida
Google Play orqali “Apk Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatishingizni so‘raymiz.
Mazkur ilova telefoningizga kelayotgan APK va boshqa
fayllarni tekshirish, shubhali yoki zararli fayllarni aniqlashda qo‘shimcha
himoya vositasi sifatida xizmat qiladi.
Ayniqsa, Telegram va boshqa messenjerlar orqali
yuborilayotgan noma’lum APK-fayllar, soxta havolalar va shubhali dasturlarni
ochishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Bunday zararli dasturlar shaxsiy
ma’lumotlar, bank ilovalari va akkauntlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Ilovani faqat Google
Play rasmiy do‘konidan yuklab oling.
O‘rnatganingizdan so‘ng
skrinshotni guruhga yuboring.
Noma’lum APK-fayllarni
o‘rnatmang.
SMS-kod, karta
rekvizitlari va parollaringizni hech kimga bermang.
Eslatma: hech bir ilova firibgarlikdan 100 foiz himoya
qilmaydi. Eng kuchli himoya — xavfsizlik vositalari bilan birga
foydalanuvchining hushyorligi va raqamli savodxonligidir.
Iltimos, ushbu tavsiyani e’tiborsiz qoldirmang.
IIBB Kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment