“TOSHDAVTU TALABASIGA HAVAS QILAMAN”

“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Baxrom Ismoilovich Abdullayev ham talaba-yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi.

U Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan yoshlarga havasini yashirmadi va universitetni mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan biri sifatida e’tirof etdi.
Bugun ana shunday katta ilmiy muhitga qadam qo‘ygan yoshlarni chin dildan tabriklar ekan, senator ularning oldida ulkan imkoniyatlar, ayni paytda katta mas’uliyat turganini ta’kidladi.
Bu e’tirof yoshlar uchun nafaqat faxr, balki o‘zlari tanlagan yo‘lga yanada katta ishonch bilan qadam tashlashga undov bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment