




Joriy yil 06.10.2026-y.Olmaliq shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o’zgacha shukuh va ko’tarinki kayfiyat hukm surdi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan yaqin hamkorlik aloqalari doirasida texnikumda muhim ilmiy-amaliy tadbir – Epidemiologiya kafedrasining seminari yuqori saviyada tashkil etildi. Bu kabi qo’shma tadbirlar bo’lajak tibbiyot xodimlarining bilimini boyitish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
O’z navbatida, 1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha rivojiga o’zining salmoqli hissasini qo’shib kelayotgan, yoshlarga chuqur bilim va yuksak ma’naviyat ulashib kelayotgan bir guruh ilg’or o’qituvchilar
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining maxsus Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Rasmiy sahifalarimiz!