USTOZGA TA’ZIM, YOSHLARGA ISHONCH

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imomov tantanali marosimda so‘zga chiqib, o‘zi ham shu oliygoh talabasi bo‘lganini faxr bilan esladi.

U talabalik qasamyodining mazmuni bir kunlik tantana bilan cheklanmasligini, uning ortida kelajak kasbi, inson hayoti va shifokorlik burchi oldidagi katta mas’uliyat turishini ta’kidladi.
Ustozlarga chuqur ehtirom bildirib, yoshlarni zamon bilan hamnafas bo‘lishga, izlanishdan to‘xtamaslikka va faqat oldinga intilishga da’vat etdi.
“Bugun aytilgan qasamyod — ertangi kasbiy hayotning mezonidir.”

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment