





Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 2-son davolash fakulteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Besh tashabbus olimpiadasi « doirasida yengil atletika musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, chidamliligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.
Natijalar:
1-o‘rin — “Chempion” jamoasi2-o‘rin — “Medion” jamoasi3-o‘rin — “MedFit” jamoasi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib e’tirof etildi.
Barcha ishtirokchilarni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham talabalarimizni sportning turli yo‘nalishlarida faol ishtirok etib, yangi marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.
Sport — sog‘lom hayot, kuchli iroda va katta g‘alabalar sari muhim qadamdir!2-son davolash fakulteti jamoasi
#TDTU#2SonDavolashFakulteti#YengilAtletika#G‘alaba #Chempion#Medion#MedFit
Rasmiy sahifalarimiz!