
2026-yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” hamda “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir doirasida “Navo Shifo” ansambli tomonidan “Bu aziz Vatan — barchamizniki” nomli musiqiy kompozitsiya ijro etildi.
Kompozitsiyada universitetning iste’dodli yoshlari — HavasonAbdulazizova, Ozodbek Hayitaliyev, MuhriddinZaynutdinov, Ollobergan Islomqulov, MarjonaMuxiddinova, Shohjahon Nurmatov, SevaraMadaminova, shuningdek, Islombek Axmedov va Muhlisa Normatova ishtirok etdilar.
Chiqish davomida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tantanavor tarzda sahnaga olib chiqilib, milliy raqs bilan uyg‘unlashtirildi. Ushbu sahnaviy kompozitsiya Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat g‘oyalarini ifodaladi. Bayroq bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi Nasiba Yo‘ldosheva tomonidan tashkil etildi.
Mazkur chiqish tadbirga bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat va yuksak vatanparvarlik ruhi bag‘ishladi.
Rasmiy sahifalarimiz!