
E’LON
«BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»Toshkent davlat tibbiyot universitetining Talabalar turar joylari o‘rtasida«Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasi start oldi!Barcha mas’ul tarbiyachi-pedagoklaridan o’zlariga briktirilgan talabalar turar joylari tarkibidan sportga chanqoq, sog‘lom, faol va uddaburon talabalarni jalb qilgan holda, ularni mazkur sport musobaqalarida munosib ishtirok etish hamda faxrli o‘rinlarni egallash uchun safarbar etish so‘raladi. Sport musobaqalari quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: Futbol
Voleybol
Stritbol
Stol tennisi
Yengil atletika Har bir talabalar turar joylari jamoalariga nom berib, ishtirokchilari ro‘yxati direksiya tomonidan tasdiqlangan holda Sport bo‘limiga taqdim etiladi.Manzil: «Shifokor» sport majmuasi! Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Sport — sog‘lom hayot, birlik va g‘alaba sari yo‘l!