




Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 3-kurs talabalari ishtirokida «Xotira va tarbiya» shiori ostida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi – avlodlar qalbida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida qatag‘on qurbonlari, jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va faoliyati, ularning milliy taraqqiyot, ta’lim va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, «Jadid milliy matbuotida ajdodlar merosining yoritilishi», «Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti», «Jadidlar. Hujjatli film» kabi videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir yoshlarda tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!