
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Davolash fakultetining guruh bosqichida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika sport yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar yuqori sport ruhida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etib, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va jamoaviy hamjihatlik borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar.
Ayniqsa, 400 metrga jamoaviy yugurish bahslari murosasiz va qizg‘in kechib, ishtirokchilar g‘oliblik uchun bor kuchlarini safarbar etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — “Chempion” jamoasi
2-o‘rin — “Medion” jamoasi
3-o‘rin — “MedFit” jamoasi
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining tezkorligi, jismoniy tayyorgarligi, irodasi va jamoaviy ruhini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitida munosib bellashdilar.
G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham yangi g‘alabalar va yuqori natijalar tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!