TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETITibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti “XOTIRA VA TARBIYA” MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRI“Xotira va tarbiya” shiori ostida siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish, talaba-yoshlarda tarixiy xotira, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fakultetning stomatologiya yo‘nalishi 1,2-bosqich talabalari faol ishtirok etdi.

Tadbir mehmoni — O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati koordinatori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Amonov Zuxriddin Nasriddin o‘g‘li talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mavzu yuzasidan muhim ma’lumotlar berdi hamda savol-javob orqali yoshlarning fikr va qarashlarini tingladi.

Shuningdek, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Rustamova S.Sh. tomonidan tarbiya, odob, xotira va insoniy qadriyatlarning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Fakultet tyutorlari ham mavzu yuzasidan o‘z mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatan, xotira va tarbiyaga bag‘ishlangan she’rlar hamda ibratli fikrlar aytildi.
Tadbir yosh avlodda tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda Vatan oldidagi mas’uliyatni chuqur anglashga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment