Toshkent davlat tibbiyot universitetida “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI START OLDI

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Medik” sport majmuasida 3-son Davolash, 1-son stomatologiya, 2-stomatologiya fakultetlari guruhlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi.

Mazkur sport musobaqalarida 3-son Davolash, 1-son stomatologiya, 2-stomatologiya fakultetlarining 1000 nafarga yaqin sportga qiziqadigan, faol va sportsevar yoshlari ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslarda o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etmoqdalar.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘z  3-davolash fakulteti dekani professor Rizayev E’zozbek Alimjanovich hamda 1-stomatologiya fakulteti dekani Murtazayev Saidmurodxon Saida’loyevichga berildi. Dekanlar o‘z so‘zida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalar o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik va sport ruhini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga omad va munosib g‘alabalar tiladi, talabalarni musobaqalarda faol ishtirok etishga, o‘zlarining sport mahorati va iqtidorlarini namoyon etishga, bellashuvlarda halol va munosib kurash olib borishga chorladi. Shuningdek, barcha sportchi talabalarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tiladi.
Tadbir davomida barcha sport turlari haqida, jumladan, voleybol, mini-futbol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlar, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda ishtirok etuvchi jamoalar va murabbiylar haqida ma’lumot berildi.
Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining chaqqonligi, kuchi, tezkorligi, chidamliligi va sport mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun qizg‘in va murosasiz bahs olib bormoqdalar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim sport tadbiridir.
Musobaqalarda barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment