Xotira va tarbiya — tarix saboqlaridan ibrat

2026-yil 7-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Xotira va tarbiya” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.D. Alimova kirish so‘zi bilan ochib, tarixiy xotirani asrab-avaylash, ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati va ijodiy merosi haqida tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi. Taqdimotlarda xalqimizning ma’rifati, milliy o‘zligi, ozodligi va kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan, o‘z hayotini Vatan va millat ravnaqiga bag‘ishlagan ajdodlarimizning achchiq taqdiri hamda boy ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘z chiqishlari orqali tarixning og‘riqli sahifalarini yodda saqlash, qatag‘on qurbonlari xotirasini hurmat qilish va ularning hayot yo‘lidan ibrat olish zarurligini yoritib berdilar. Tadbir davomida tarixni bilish va undan saboq chiqarish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish har bir yoshning muhim burchi ekanligi alohida ta’kidlandi. “Xotira va tarbiya” tadbiri talabalarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Zero, o‘z tarixini bilgan, ajdodlari xotirasini e’zozlagan avlodgina bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetib, kelajak oldidagi mas’uliyatini chuqur his etadi. Tarixiy xotira — milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy barkamollik va Vatanga sadoqatning muhim poydevoridir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment