“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: SPORT, IRODA VA G‘ALABA RUHI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha guruh bosqichi musobaqalari ko‘tarinki kayfiyat va haqiqiy sport shijoati ostida tashkil etildi.

Musobaqada qariyb 70 nafardan oshiq talabalar qatnashib, o‘zlarining tezkorligi, chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va kuchli irodasini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi finish sari dadil intilib, g‘alaba uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
“Nasaf” jamoasi
“Lochinlar ” jamoasi
“Sparta” jamoasi

Mazkur musobaqa nafaqat sportdagi mahoratni, balki yoshlardagi iroda, matonat, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni ham namoyon etdi.
Jamoalar o‘zaro hamjihatlik, ishonch va birdamlikni namoyish etib, har bir soniya uchun kurashdilar.
Mazkur musobaqa nafaqat sportdagi mahoratni, balki yoshlardagi iroda, matonat, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni ham namoyon etdi.
G‘alaba — bu faqat finishga birinchi bo‘lib yetib kelish emas, balki maqsad sari oxirigacha qat’iyat bilan harakat qilishdir!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment