
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRI STIPENDIYASI — 2026/2027Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyat!Sog‘liqni saqlash vazirining 308-son buyrug‘i ga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” tanlovi tashkil etildi.Kimlar ishtirok etishi mumkin? Bakalavriat 2-kursidan boshlab tahsil olayotgan talabalar; magistratura talabalari; o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 86 ball bo‘lgan nomzodlar.Stipendiya miqdori: Bakalavriat — BHMning 3 baravari; Magistratura — BHMning 4 baravari.Tanlov 3 bosqichda:1⃣ Hujjatlarni texnik tekshirish;2⃣ Portfolioni mustaqil ekspertlar tomonidan baholash;3⃣ Suhbat va loyiha/amaliy tashabbus taqdimoti.Asosiy hujjatlar: CV, transkript, portfolio, tavsiyanoma, akademik va intizomiy holat to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, xorijiy til sertifikati hamda loyiha konsepsiyasi.⏰Arizalar qabuli — 2026-yil 26-oktabrgacha. Tanlov to‘liq elektron shaklda o‘tkaziladi.Ilm-fan, innovatsiya va amaliy faoliyatda o‘z salohiyatingizni namoyon eting! Batafsil ma’lumot va ishtirok etish tartibi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resurslari hamda:https://ssvstipendiya.uz/uzToshkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi@tashmeduni_mth