



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun profilaktik tashrif tashkil etildi.
Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Birinchi mintaqaviy hududiy 51-sonli manzil-koloniyasiga amalga oshirildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning og‘ir huquqiy, ijtimoiy hamda ma’naviy oqibatlaridan ogoh etish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirishdan iborat.
Bu kabi profilaktik tadbirlar yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularda qonunga hurmat va o‘z kelajagiga mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Unutmang, birgina noto‘g‘ri qaror butun hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin!#ToshDavTU#YoshlarIttifoqi#PF207#Profilaktika#GiyohvandlikkaQarshimizRasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin