Yosh tadqiqotchining innovatsion tashabbusi e’tirof etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti talabasi Xalilova Ziyodaxon Tohir qizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “35 000 tashabbus” milliy platformasi doirasida o‘zining innovatsion g‘oyasi bilan faol ishtirok etdi.

Talaba tomonidan taqdim etilgan “Dental AI” tashabbusi stomatologiya sohasida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tibbiyotning ushbu yo‘nalishida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Tashabbusning munosib e’tirof etilgani talabaning izlanishlari, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi hamda o‘z sohasiga yangicha yondashishga intilayotganidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan Xalilova Ziyodaxon Tohir qiziga rasmiy sertifikat topshirildi.
Bugungi kunda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yangi ilmiy izlanishlar va amaliy yechimlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bunday tashabbuslarda yoshlarning ilmiy salohiyati, ijodiy tafakkuri, innovatsion fikrlashi va kelajak kasbiga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ziyodaxon Xalilovaning ushbu tashabbusi nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki 2-stomatologiya fakultetida tahsil olayotgan yoshlarning ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladigan ijobiy namuna sifatida e’tiborga loyiqdir.
Xalilova Ziyodaxon Tohir qizini ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi ilmiy-ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oyalar va ezgu tashabbuslarini amalga oshirishda kuch-g‘ayrat tilaymiz. Ilm yo‘lidagi har bir qadami yangi yutuqlar sari yetaklasin!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment